Frotterizm nima?

Asosiy|Frotterizm nima?

Jamoat transportida tegajogʻlik va frotterizm

Jamoat transportida tegajogʻlik – zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan muammo. Frotterizm bezorilik turlaridan biri hisoblanadi. Frotterizm – fransuzcha “ishqalash” soʻzidan olingan boʻlib, odam (koʻpincha erkak) oʻz qurboniga ishqalanadi va gavjum joylarda, koʻpincha jamoat transportida kiyim orqali teginishga harakat qiladi. Asosan, ayollar va bolalar bunday taʼqiblar qurboni boʻlishadi.

Xorijiy mamlakatlar tajribasi

Jamoat transportida tegajogʻlik bilan turli mamlakatlarda turli yoʻllar bilan kurashiladi. Arab mamlakatlarida, qoidaga koʻra, ayollar va erkaklar uchun alohida transport tashkil etilgan. Lekin bu muammoning oqibati bilan kurashishdir, uning sababi bilan emas. Axir, surkaluvchilar bu ishni nafaqat jamoat transportida balki boshqa yerlarda ham qilishlari mumkin.

Jamoat transportida tegajogʻlik bilan kurashayotgan ayrim mamlakatlardan misollar keltiramiz.

Avstraliya

Как пишет издание Strelkamag2020-yilda Transport for NSW transport kompaniyasi “Kech tushganda xavfsizlik” mavzusida g'oyalar tanlovini o'tkazdi deb yozadi Strelkamag. Ushbu tanlovda Vollongong universitetining aspiranti gʻolib boʻldi. U videokamera uchun algoritm ishlab chiqdi. Algoritm kameraga hodisani aniqlashga va operatorga signal yuborishga moʻljallangan. Operator signalni qabul qilib haqiqatan ham koʻrsatilayotgan joyda shubhali hodisa sodir boʻlganligini tekshirishi mumkin.

Shundan soʻng, 2020-yilda transportni rejalashtirish mutaxassislari tomonidan "passiv kuzatuv" darajasini aniqlovchi dastur yaratildi. U marshrutning u yoki bu nuqtasida qancha odam borligini real vaqt rejimida koʻrsatib beradi. Bu ayollarga oʻzi yolg'iz qolmaydigan eng xavfsiz yoʻlni tanlashga yordam beradi.

США

Alliance For Girls tashkiloti tomonidan ilgari surilgan gʻoya bilan BART (San-Fransisko ko'rfazi hududida joylashgan yuqori tezlikdagi elektr poezdlar tizimi) agentligi va transport vakillari bilan hamkorlik qilib dastur orqali zoʻravonlik holatlari haqida xabar berishni yoʻlgan qoʻygan. BART saytida hodisaga guvoh boʻlganlar uchun qoʻllanma videolar joylashtirilgan. Poezdlar va 50 ta BART stansiyalarida 300 dan ortiq ijtimoiy reklama plakatlarini koʻrish mumkin. . .

BART direktorlar kengashi jamoat xavfsizligi boʻlinmasi bilan maslahatlashib yoʻlovchilar uchun qoidalarga oʻzgartirishlar kiritishdi. Endi jamoat transportida tegajogʻlik qilish qatʼiyan man etildi

Keniya

Nayrobi shahrining avtobus bekatlaridan birida ayolga bir nechta erkaklar tajovuz qilgan videosi tarmoqda tarqalgandan soʻng, bir qancha faollar yoʻllarga chiqib namoyish oʻtkazishdi. Vaziyatga munosabat bildirgan jamoat transporti xodimlari esa “Flone Initiative” tashkilotini tashkil etdi. Ular orasida ayol haydovchi, chiptachi, mexanik va menejerlar bor edi. “Flone Initiative” ning mavjudligi yillarida uning ishtirokchilari professional konferensiya, treninglar va kurslar tashkillashtirib, “Ayollar transportda” dasturini ishga tushirishga muvaffaq boʻldilar.

Bir nechta tadqiqotlar olib borgan “Flone Initiative” transportda tegajogʻlikka qarshi kurashish yoʻllarini taklif qiluvchi amaliy qoʻllanma ishlab chiqdi. Qoʻllanma transport kompaniyalari, shaxsiy avtobus egalari, shahar aholisi va hukumatga yoʻnaltirilgan takliflarni oʻz ichiga olgan edi. Masalan, hukumatga bekat va transport vositalarida videokuzatuv vositalaridan foydalanish taklif qilingan. Amaliyotdan maʼlumki, joylarda kameraning boʻlishi jinoyatchilik darajasini tushirishga yordam beradi.

Germaniya

Germaniyaning bir qancha shaharlarida rasmiylar ayollarga tungi vaqtda imtiyozli taksilardan foydalanish imkonini yaratdi.

O'zbekistondagi vaziyat

Oʻzbekistonda tegajogʻlik, jumladan, jamoat transportida tegajogʻlik mavzusi jamoatchilik orasida koʻp ham muhokama qilinmaydi. Voqealar eʼtibordan chetda qoladi va qurbonlarning aksariyati ularga nima boʻlganini aytib bera olmaydi.

Oʻzbekistonda zoʻravonlik uchun jazo nazarda tutilgan bir qancha hujjatlar mavjud.

По Har birimiz Konstitutsiya bilan himoyalanganmiz va unga koʻra fuqarolarning qadr-qimmatini kamsituvchi murojaatlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Barcha fuqarolar irqiy, jinsiy yoki etnik kelib chiqishidan qat'i nazar, erkinlik, mehnat va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 41-moddasiga koʻra, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — eng kam ish haqining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Qasddan boʻlmagan haqoratga qanday munosabatda boʻlish kerakligi Maʼmuriy Kodeksning II bobida koʻrsatilgan. Aytgancha, ushbu hujjatda Mehnat kodeksini buzganlik uchun javobgarlik ham nazarda tutilgan. Biroq, fuqarolarni taʼqibdan himoya qiluvchi aniq hujjatlar hali ham mavjud emas.

Статья 140 Уголовного кодекса Узбекистана оскорбление, то есть умышленное унижение чести и достоинства личности в неприличной форме, совершенное после применения административного взыскания за такие же действия наказывается