So'rovnoma natijalari

Asosiy|So'rovnoma natijalari

Natijalar

jamoat transportida bezorilik bo'yicha o‘tkazilgan so'rovnoma

Jamoat transportida tegajog‘lik (frotterizm) doimo mavjud bo'lgan muammo, ammo bu haqda ochiq gapirishga odatlanilmagan, bu esa o‘z navbatida bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqardi:

  • • Jamoat transportlarida tegajog‘lik holatlarining oldini olish bo‘yicha ish olib boruvchi axborot kampaniyalarining mavjud emasligi;
  • Jamoat transportlarida zo‘ravonlik holatlari kuzatilganda, qanday yo‘l tutish kerakligi haqidagi mexanizmning yo‘qligi;
  • Jamoat transportlarida tegajog‘lik holatlari ro‘y berganda yordam so‘rash yo‘riqnomalarining yo‘qligi;
  • Ta’qib etilganlarga nisbatan odilona qarashlarning yo‘qligi, shunday vaziyatlarga tushgan qurbonlarga “o‘zi aybdor” qabilida hukm chiqarish.

Joriy yilning avgust oyida turli yoshdagi aholi o‘rtasida tasodifiy tanlov asosida jamoat transportidagi tegajog‘lik holatlari bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. (o'zbek va rus tillarida)

So‘rovnomada 100 ga yaqin odam ishtirok etdi. Ularning 77,5 foizi ayollar va 22,5 foizi erkaklar. Soʻrovnoma natijalariga koʻra:

Respondentlarning 12,5 foizi jamoat transportida tez-tez, 40 foizi esa jamoat transportida bir-ikki marta tegajog‘likka duch kelgan, bu muammo nafaqat ayollar, balki erkaklar (!) bilan ham sodir bo‘lgan. So'rovnomada ishtirok etgan erkaklarning uch nafari jamoat transportida tegajog‘likka duch kelishgan .

Shuningdek, respondentlarning 60 foizi jamoat transportida tegajog‘lik holatiga duch kelgan.

“Jamoat transportida tegajog‘lik holatiga duch kelganda qanday harakat qilishni bilasizmi?” degan savolga respondentlarning 51 foizi “bilmayman” deb javob bergan.

Jabrlanuvchilardan yordam soʻramasligi sabablari haqida soʻralganda, quyidagi javoblar olindi:

- o'zimni qanday tutishni bilmayman — 49%                           

- aybdorning jazolanishiga ishonmayman — 22%

- aybdorlik va uyat hissi — 19,5%                          

- aybdordan qo'rqish — 8,5%

Respondentlarning 87 foizi bu muammoni dolzarb deb hisoblaydi.

Respondentlarning 93 foizi jamoat transportida bezovtalanishning oldini olishga yoki ularga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlardan xabardor emas.

Qayta aloqa

Agar siz jamoat transportida zoʻravonlikka uchragan boʻlsangiz yoki shu holatga guvoh boʻlgan boʻlsangiz, siz anonim soʻrovnomani toʻldirib “surkaluvchi” ni topishga yordam berishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu so’rovnoma mintaqa bo’yicha statistik maʼlumotlarni toʻplash uchun yordam beradi.