
Yaqimizdagilarni himoya qilish — barchamizning burchimiz

Faollar frotterizmga qarshi
Biz, faollar jamoasi jamoat transportida bezorilik va zoʻravonlikka, jumladan frotterizmga qarshi kurashamiz
Frotterist – olomon gavjum joylar, asosan jamoat transportida boshqa kishilarga surkaluvchi kishi
Aytaylik birorta qiz, qizcha, yoki kichkina bola tiqilinch avtobusda ketyapti. U toʻsatdan kimningdir qoʻli unga tegayotganini his qiladi va qo'rquvdan qotib, ayni paytda bir soʻz aytolmay qoladi. Mana shu ayni frotterizmdir
Jim turmang va xabar berishdan qoʻrqmang. Shovqin soling yoki imo-ishoralardan foydalaning. Konduktorlar va haydovchilar sizga yordam beradi. Sukut saqlamang! Sizni himoya qiladigan odamlar bor
Faollar frotterizmga qarshi
Tegajogʻlik holatlari yuz bersa nima qilish kerak?
Siz jabrlanuvchi boʻlsangiz:
Shovqin koʻtaring
Ovoz chiqaruvchi vositalaringiz boʻlsa, ulardan foydalaning.
102 tugmasini bosing
Xavfni sezsangiz avtobuslarda o’rnatilgan 102 tugmasini bosing
Imo-ishora qiling
Kattalarga yoki transport xodimlariga imo-ishora qiling
Siz holatga guvoh boʻlsangiz:
Yordamga shoshiling
Kuchingiz yetsa qoʻlingiz bilan toʻxtating. Yetmasa tilingiz bilan qaytaring.
Xabar bering
Transport xodimi yoki boshqalarni yordamga chaqiring
Ishora qiling
Jinoyatchini koʻrsatkich barmogʻingiz bilan koʻrsating
XABAR BERING, UYALMANG. SIZ QONUN HIMOYASIDASIZ!
Sha'ni va qadr-qimmatini kamsitganlik uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasiga asosan – eng kam ish haqining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasiga ko‘ra - 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soat jamoat ishlari.
Faollar frotterizmga qarshi
Statistika
Joriy yilning avgust oyida turli yoshdagi aholi o‘rtasida jamoat transportida surkalish holatlari bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Unda 100 ga yaqin kishi ishtirok etdi. So‘rov natijalariga koʻra:
51%
respondent jamoat transportida taʼqibga uchragan
43%
bunday vaziyatda nima qilishni bilmaydi
87%
respondent muammoni dolzarb deb hisoblaydi
Faollar frotterizmga qarshi
Siz qanday yordam bera olasiz?
![os0004_88 [Converted]-02 os0004_88 [Converted]-02](https://frotterizm.uz/wp-content/uploads/2021/11/os0004_88-Converted-02.png)
Faollar frotterizmga qarshi
Bajarilgan ishlar
Команда волонтеров из Ташкента – Активисты против фроттеризма – запустили кампанию по борьбе с сексуальными домогательствами в общественном транспорте Узбекистана.
Aziza Umarova, Umid G‘ofurov, Irina Matvienko, Nikita Makarenko, Zafar Hoshimov kabi jamoat faollari va fikr yetakchilari o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlarida ushbu loyiha haqida ma’lumot berishdi.
Frotterizm haqida jamoatchilik xabardorligini oshirish, bu hodisaning oldini olish va unga duch kelganlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida veb-sayt yaratildi.
Toshkent avtobuslarida yangi formatdagi info-chiptalari ishga tushirildi: avtobusda duch kelsangiz nima qilish kerakligi haqida koʻrsatmalar.
Avtobuslarda STOP belgisi 102 tugmasiga almashtirildi. Jabrlanuvchi ushbu tugmani bosib, yoʻlovchilarni yordamga chaqirishi mumkin boʻladi.

Faollar frotterizmga qarshi
Jamoat faollari

Lyan Yekaterina Mihaylovna
"Surkalishlarga duchor boʻlgan odam koʻpincha zoʻravonlik paytida nima qilishni bilmay qotib qoladi. Jabrlanuvchi oʻzini zaif va sharmandalangandek his qilishi mumkin. Biroq, zoʻravonlik qurboni aybdor emas. Yordam soʻrash uyat emas va u inson huquqidir."

Aziza Umarova
"Surkalishlarga duchor boʻlgan odam koʻpincha zoʻravonlik paytida nima qilishni bilmay qotib qoladi. Jabrlanuvchi oʻzini zaif va sharmandalangandek his qilishi mumkin. Biroq, zoʻravonlik qurboni aybdor emas. Yordam soʻrash uyat emas va u inson huquqidir."

Irina Matvienko
"Nemolchi.uz saytiga o‘z hikoyalarini jo‘natayotgan ko‘plab tajovuz qurbonlari buni ko‘p yillar o‘tib ham eslashadi. Bu ularda nopoklik, frotteristning xatti-harakatidan jirkanchlik va ular atrofidagi odamlarning hech biri munosabat bildirmaganligi, qizni tajovuzdan himoya qilmaganligi uchun umidsizlik hissini qoldirgan."
Faollar frotterizmga qarshi
Yangiliklar

Poytaxtda metroda qizni bezovta qilganlikda gumonlangan erkak qidirilmoqda. Suratdagi shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan tegishli idoralarga murojaat qilishlari so‘raladi
Faollar frotterizmga qarshi
Qayta aloqa
Agar siz jamoat transportida zoʻravonlikka uchragan boʻlsangiz yoki shu holatga guvoh boʻlgan boʻlsangiz, siz anonim soʻrovnomani toʻldirib “surkaluvchi” ni topishga yordam berishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu so’rovnoma mintaqa bo’yicha statistik maʼlumotlarni toʻplash uchun yordam beradi.

About us
A Dream In Their Mind is our mission
he new allocation will help expand response to cover those households that are led by women and have elderly, pregnant, or disabled family members, or who have lost all assets.
$ 0 K
$ 0 K
$ 0 K
Educations for Children
As flood water recedes from most parts of Bangladesh and tough challenges such as scarcity.
Food for hungry peoples
As flood water recedes from most parts of Bangladesh and tough challenges such as scarcity.
Medicine for people
As flood water recedes from most parts of Bangladesh and tough challenges such as scarcity.
home For Homeless People
As flood water recedes from most parts of Bangladesh and tough challenges such as scarcity.